Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF–17-son Farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mahalliy işlab çiqarişni kengaytiriş va import örnini bosiş salohiyatiga ega mahsulotlarni aniqlaşni davom ettirmoqda.
Içki va taşqi talab, import hajmi, amaldagi mahalliy işlab çiqariş, xomaşyo bazasi va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari tahlili natijasida Özbekistonda işlab çiqarişga tavsiya etilgan 50 ta mahsulot böyiça takliflar tayyorlandi.
Yangi röyxatga turli tarmoqlarda talab yuqori bölgan mahsulotlar kiritildi. Ular orasida grafit elektrodlar, float-şişa va silliqlangan yoki sayqallangan şişa varaqlar, maxsus lok-böyoq materiallari, poliefir va sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar, poliuretan töqimaçilik materiallari va qandolat mahsulotlari bor.
Har bir mahsulot böyiça 2025-yildagi import, import qiluvçi kompaniyalar, asosiy yetkazib beruvçi davlatlar, Özbekistondagi amaldagi işlab çiqariş va potensial xaridorlar haqida ma’lumotlar tayyorlandi. Işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça namunaviy hisob-kitoblar ham mavjud.
Materiallarda içki bozor va qöşni davlatlar bozorlari salohiyati alohida körsatilgan. Masalan, grafit elektrodlar bozorining umumiy salohiyati yiliga 22,2 mln dollarga baholanmoqda.
Bu ma’lumotlar işlab çiqarişni yölga qöyiş yoki mavjud quvvatlarni kengaytirişni rejalaştirayotgan tadbirkorlarga mahsulotga bölgan talab, içki bozor imkoniyatlari va eksport salohiyatini baholaşga yordam beradi.
